Toshkent shahridagi Amity universitetida bo‘lib o‘tayotgan Cyber Summer Camp 2 Phase doirasida maktab o‘quvchilaridan iborat ishtirokchilar IT, ingliz tili, ishga qabul intervyusi va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha tajribali professorlar hamda mehmon spikerlardan professional bilim va ko‘nikmalarni egallamoqdalar.
Mashg‘ulotlarda ular nafaqat nazariy bilimlarni olmoqdalar, balki amaliy seminarlar, jamoaviy vazifalar va real hayotiy misollar asosida ham o‘z ustida ishlashmoqda. Bu esa ularda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va muammolarni hal etish kabi kelajak kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Ularning ertangi kunda malakali mutaxassis, tashabbuskor va intiluvchan shaxs bo‘lib yetishishiga ishonamiz. Yoshlar ta’limiga bugundan sarmoya kiritish orqali biz kelajakdagi yangilik yaratadigan ixtirochilar, yetakchilar va jamiyatga foyda keltiruvchi shaxslarni tarbiyalayapmiz. Shunday istiqbol sari yo‘l ochishda o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz

