6 Aug 2025 1

Cyber Summer Camp tashabbusi doirasida “Farobiy IT Academy” tomonidan Toshkentdagi Amity Universitetiga “Arduino” to‘plamlari taqdim etildi.

Ushbu qurilmalar talabalarga dasturlash va elektronika bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash, nazariy bilimlarni real loyihalarda qo‘llash imkonini beradi.

“Arduino” to‘plamlarining joriy etilishi talabalar orasida ijodkorlik va innovatsion fikrlashni rag‘batlantirishi, ularni robototexnika, avtomatlashtirish va aqlli texnologiyalar sohalarida amaliy tajribalar o‘tkazishga undashi kutilmoqda. Bunday resurslar kelajakdagi IT mutaxassislarini raqobatbardosh xalqaro mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Cyber Summer Camp dasturi esa nafaqat texnik bilimlarni, balki ingliz tilini rivojlantirish, ilmiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini kuchaytirish, shuningdek, kasbiy yo‘naltirilgan tayyorgarlikni ham o‘z ichiga oladi. Arduino kabi amaliy vositalarni o‘qitish jarayoniga qo‘shish orqali dastur talabalarga kompleks rivojlanish va kelajak kasbiy hayotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini yaratmoqda.