28-iyul kuni, “Cyber Summer Camp – 2025” dasturi doirasida Toshkent shahridagi Amity universiteti Digital.uz, Digital.edu va IT Ta’lim Uyushmasi bilan hamkorlikda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi mentorlari uchun yozgi ta’lim oromgohiga mezbonlik qilmoqda.
Dastur raqamli pedagogika va zamonaviy IT ko‘nikmalarini rivojlantirish, mentorlarning texnologik va metodik salohiyatini oshirish hamda raqamli ta’limda ilg‘or yondashuvlarni almashishga qaratilgan.
Treninglar davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan bilimga ega bo‘lishmoqda:
-
Kiberxavfsizlik
-
Ma’lumotlar tahlili (Data Analytics)
-
Front-end / Back-end dasturlash
-
DevOps
-
IT English
Mazkur tashabbus kelajakdagi raqamli ta’lim yetakchilarini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, mentorlarni kelajak IT mutaxassislarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va metodikalar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

