28-iyul kuni Toshkent shahridagi Amity Universitetida 3 kunlik “Skill Development Program” dasturining birinchi kuni muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu dastur talabalarning muloqot ko‘nikmalari va shaxsiy rivojlanishini oshirishga qaratilgan.
👉🏼 Dastur universitet direktori Shukhrat Sattorov va birinchi o‘rinbosar direktor Dr. Naina Chaudhary ning ilhomlantiruvchi tabrik so‘zlari bilan boshlandi. Ular yoshlar uchun o‘z ustida ishlash va yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning muhimligini ta’kidlashdi. Sessiyada jami 26 nafar ishtirokchi qatnashdi — shundan 22 nafari maktab o‘quvchilari, 4 nafari universitet talabalari bo‘ldi.
Kun davomida talabalar fikr xaritasi, voqealar ketma-ketligini tuzish va infografikalar orqali grammatika o‘rganishkabi ijodiy usullar bilan tanishishdi. Shuningdek, professional ko‘rinish, tana tili va o‘ziga ishonchni rivojlantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashib, jamoaviy ishlash va g‘oyalar almashish orqali birinchi kunni mazmunli va samarali o‘tkazishdi.

