25 Jul 2025 1

25-iyul kuni, Toshkent shahridagi Amity Universitetida ota-onalarga universitetning akademik dasturlari, infratuzilmasi va talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi haqida to‘liq ma’lumot berishga qaratilgan qiziqarli ota-onalar sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotdan so‘ng interaktiv savol-javob bo‘lib o‘tdi. Unda ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar olishdi. Universitet vakillari, jumladan, qabul bo’limi xodimlari va direktor, barcha savollarga ochiq va to‘liq javob berishdi.

Shuningdek, ota-onalar kampusdagi o‘quv xonalari, laboratoriyalar va talabalarga mo‘ljallangan boshqa joylar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, bu esa ularga universitetdagi o‘quv muhiti haqida yanada to‘liq tasavvur berdi.