22 Jul 2025 1

Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan IT va raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Forumda qatnashishdi.

Tadbir davomida:
- O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonligi o‘rganildi
- Mehnat bozoridagi ehtiyoj va tendensiyalar tahlil qilindi
- Kelgusi 5–10 yilda eng talab yuqori bo‘ladigan TOP-45 kasb taqdim etildi
- Kelajak IT kasblari Atlasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
- Ekspertlar bilan panel muhokamalar, startaplar, networking va hatto mini-o‘yinlar tashkil etildi!

Forum talabalarimizga O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlarini yaqindan o‘rganish, kelajak kasblarini kashf etish hamda soha mutaxassislari va innovatorlari bilan muloqot qilish imkonini berdi.

Talabalarimiz o‘z kelajagini bugundan qurayotganidan faxrlanamiz!