23 Jul 2025 1

"Kitobxon yoz!" — Bilim va ijod tantanasi!

"Olimpiya shon-shuhrati" muzeyi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Kitobxon yoz!" madaniy-ma’rifiy tadbirida kitobxon talabalarimiz faol ishtirok etishdi.

Tadbir yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish hamda ma’naviy va aqliy kamolotni mustahkamlashga qaratilgan edi.

Kitob marafoni g‘oliblari muzeyning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va talabalarimiz yangi kitoblarni mutolaa qilishga bo`lgan ishtiyoq bilan qaytishdi.

Bunday tashabbuslar Amity universiteti talabalarining ilmiy, madaniy va ijodiy salohiyatini oshirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.