23 Jul 2025 1

Toshkent shahridagi Amity universiteti My Career 4 Future bilan hamkorlik memorandumi imzolash sharafiga muyassar bo‘ldi. My Career 4 Future - kasbiy rivojlanish va yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash markazi hisoblanadi.

Ushbu memorandum yosh IT mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib ish topishda va kasbiy o‘sishda yordam berishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi hisoblanadi. My Career 4 Future shuningdek, Yevropaning Corporate Solutions kompaniyasi bilan hamkorlik qilib, kasbiy rivojlanish dasturlarini takomillashtirish, amaliy treninglar o‘tkazish va bitiruvchilarni IT sohasidagi yetakchi ish beruvchilar bilan bog‘lashga hissa qo‘shadi.

Mazkur hamkorlik talabalar uchun real tajribaga ega bo‘lish, kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro IT bozorida raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lish yo‘lida yangi eshiklarni ochadi. Ushbu memorandum Toshkent shahridagi Amity universitetining professional aloqalar tarmog‘ini kengaytirishdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.