Ice Breaking - Ikkinchi uchrashuvda ham shu ajoyib kayfiyat! 🎳
Bugun Toshkent shahridagi Amity universiteti yangi talabalar va abituriyentlar uchun ko‘ngilochar va do‘stona "Ice Breaking " o‘tkazdi!
Bouling markazida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda talabalar dam olish, musobaqa qilish va bir-biri bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat yaratildi.
Quvnoq o‘yinlardan tortib yangi tanishuvlargacha - bu talabalar jamoasini shaklla
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilarga universitet hayotiga yanada moslashish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘quv yili boshlanishidan oldin ijobiy muhitdan bahramand bo‘lish imkonini berdi. Talabalar tetik kayfiyat bilan keyingi Amity universitetidagi faoliyatlarni intiqlik bilan kutib qolishdi.

