Toshkent shahridagi Amity universitetida universitet takliflari, imkoniyatlar va ta’lim haqida to‘liq ma’lumot berishga qaratilgan mazmunli va qiziqarli ota-onalar sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
👉🏼 Sessiya universitetning maqsadi, qarashlari va jahon miqyosida raqobatbardosh, yetuk mutaxassislarni yetishtirishga bo‘lgan sodiqligini yorituvchi taqdimot bilan boshlandi. Ota-onalarga bakalavriat va magistratura dasturlari, xalqaro malakali professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Taqdimotdan so‘ng interaktiv savol-javob bo‘lib o‘tdi, unda ota-onalar turli mavzularda savollar berish va tushuntirishlar olish imkoniga ega bo‘ldilar. Universitet vakillari, jumladan, ma’muriy xodimlar va direktor ota-onalarning qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Bunday tadbirlar universitet va oilalar o‘rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlab, ota-onalarning farzandlarining ta’lim yo‘li bo‘yicha to‘liq xabardor va ishonchda bo‘lishlariga xizmat qiladi.

