3 Jul 2025 1

Yangi talabalar va abituriyentlar uchun koʻngilochar uchrashuv tashkil etildi! 

Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalarni bouling markaziga jamladi, u yerda barcha bouling oʻynab, musobaqalashib, bir-birini qoʻllab-quvvatladi. Bu yangi doʻstlar bilan tanishish va yangi aloqalar oʻrnatish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi. 

O‘yinlardan tashqari, ishtirokchilar kulgu, samimiy suhbatlar va tanishuvlar orqali iliq va ijobiy muhitni yaratishdi.

Bunday tadbirlar talabalarni universitet hayotiga tezroq moslashishiga, o‘zini jamiyatning bir qismi sifatida his qilishiga va ishonch bilan o‘qishni boshlashiga yordam beradi. Yaqin kelajakda talabalik hayotini yanada boyituvchi ko‘plab shunday uchrashuvlarni kutib qolamiz!