14 Jun 2025 1

14-iyun kuni, Toshkent shahridagi Amity universiteti “Toshkentdagi 8 ta xalqaro universiteti” ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Ushbu nufuzli tadbir Singapur, Dubay, London va Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarini bir joyga jamladi 

👉🏼 Tadbir davomida Amity universiteti o‘zining keng qamrovli akademik dasturlari, xalqaro hamkorliklari va talabalar hayoti bilan tanishtirdi. Bizning jamoamiz tashrif buyurgan mehmonlar bilan faol muloqotda bo‘lib, qabul jarayoni, stipendiyalar, va universitetdagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur ko‘rgazmadagi ishtirokimiz Toshkent shahridagi Amity universitetining dunyo darajasidagi ta’limga sodiqligini va global maydondagi o‘rnini yana bir bor tasdiqladi. Biz ushbu tadbirda qatnashgan yosh va iqtidorli talabalar bilan aloqalar o‘rnatganimizdan mamnunmiz va ularni kelajakda universitetimizda kutib olishni intiqlik bilan kutamiz.