15 May 2025 1

15-may kuni Coursera platformasining eng faol va muvaffaqiyatli tinglovchilarini taqdirlashga bag‘ishlangan maxsus tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Ta’lim Uyushmasi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va Coursera platformasi hamkorligida tashkil etildi.

🎓 Toshkent shahridagi Amity universiteti talabasi Shoamir Shorustamov ushbu platformadagi eng yaxshi natijalarga erishgan talabalar qatoridan joy oldi. Uning yutug‘i o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan intilish va raqamli texnologiyalar sohasida chuqur bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini yaqqol namoyon etadi.

Bundan tashqari, Amity universiteti professor-o‘qituvchisi Dr. Gaurav Aggarwal ham tadbirda nutq so‘zlab, O‘zbekistonda ta’lim sohasining kelajagini shakllantirishda Coursera kabi raqamli platformalarning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.