13-may kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti Leader Online - EdTech kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi (MoU)ni imzoladi.
Ushbu strategik hamkorlik akademik aloqalarni mustahkamlash, raqamli ta’lim tashabbuslarini rivojlantirish va maktab o‘quvchilari uchun xalqaro darajadagi bakalavriat dasturlariga o‘tish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan. Memorandum zamonaviy texnologik tendensiyalarni hisobga olgan holda ta’limdagi innovatsiyalarni ilgari surish, talabalarni yuqori sifatli ta’limga tayyorlash va ularning bilim salohiyatini oshirishni maqsad qiladi.
👉🏼 Ushbu strategik hamkorlik quyidagilarga qaratilgan:
- Akademik hamkorlikni mustahkamlash,
- Ta’limda raqamli yechimlarni joriy etish
Mazkur memorandum raqamli ta’lim va oliy ta’lim tizimi o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratish sari muhim qadam bo‘lib, talabalar uchun innovatsion, texnologik bilimlarga asoslangan ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

