12 May 2025 1

12-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida Shayxontohur tumani umumta’lim maktablari direktorlariga mo‘ljallangan “Principal’s Meet 2025” tadbiri muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 “Principal’s Meet 2025” tadbirida Shayxontohur tumanidagi 30 dan ortiq maktab direktorlari va ta’lim sohasidagi yetakchilar ishtirok etdi. Ushbu uchrashuv Toshkent shahridagi Amity universiteti va mahalliy maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, universitetning ta’lim yo‘nalishlarini tanishtirish, kelajakdagi talabalar uchun imkoniyatlarni muhokama qilish hamda ta’limiy rivojlanish borasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon bo‘ldi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Toshkent shahar Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan memorandum imzolandi.