18 Apr 2025 1

18-aprel kuni “Bezorilik hamda hayot va sogʻliqqa qarshi jinoyatlarning oldini olish” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

“Bezorilik hamda hayot va sogʻliqqa qarshi jinoyatlarning oldini olish” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchilari, podpolkovnik Ismailov Shaxriyor Baxtiyorovich va podpolkovnik Shodmanov Javlon Raxmatovich ishtirokida profilaktik davra suhbati

Uchrashuv davomida talabalar bilan jinoyatlarning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish va xavfsiz muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Muhokama davomida jinoyat va huquqbuzarlik holatlarini o‘z vaqtida xabar qilish, o‘zaro hurmat tamoyillariga rioya etish hamda huquqiy davlat barpo etishda yoshlarning tutgan o‘rni alohida ta’kidlandi.

Tadbir talabalar uchun savollar berish, fikr almashish va O‘zbekistonda inson huquqlari va sog‘lig‘i himoyasiga oid qonunchilikni chuqurroq tushunish imkonini yaratdi.

Bunday tashabbuslar yoshlar orasida huquqiy ong, mas’uliyat va faollik madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.