10-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida talabalar uchun sanoatning turli sohalaridagi yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar bilan uchrashuv platformasini yaratish maqsadida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi 2025” bo‘lib o‘tdi.
👉🏼 Tadbirda axborot texnologiyalari, muhandislik, moliya, kiberxavfsizlik, mehmondo‘stlik, boshqaruv va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab olgan 60 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi
Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Amity universiteti yarmarka doirasida barcha ishtirokchilar o‘rtasida maxsus lotereya tashkil qildi. Lotereya natijasida qimmatbaho sovg‘alar - bosh sovrin sifatida HP noutbuk, shuningdek, smart soatlar, Sony naushnik, Yandex stansiyasi va Amity brendining eksklyuziv merch o‘ynaldi.
Job Fair 2025 talabalarga turli sohalardagi bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va kasbiy imkoniyatlar haqida ma'lumot olish, shuningdek, sohadagi mavjud tendensiyalar va kelajakdagi yo‘nalishlar haqida fikr almashish uchun imkoniyat yaratdi.

