27-mart kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari universitetlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan CS:GO 2 turnirida ishtirok etishdi.
👉🏼 Ushbu musobaqa 110 ta universitetni birlashtirgan bo‘lib, talabalar jamiyatidagi eng yirik kibersport tadbirlaridan biri bo‘ldi. Amity jamoasi strategik o‘yin, jamoaviy hamkorlik va qat’iyat namoyish etib, kuchli raqobatchilar orasida ajralib turdi va TOP-10 talikdan joy oldi.
Turnir davomida talabalar o‘z texnik mahoratlari va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyish etdilar, bu esa ularning jamoaviy ishdagi muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Musobaqa doirasida qatnashchilar nafaqat raqobatlashdi, balki yangi do‘stliklar o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Amity universitetining kibersport sohasidagi faol ishtiroki yoshlarni raqamli dunyoda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur ko‘nikmalar bilan ta’minlashga qaratilganligini yana bir bor tasdiqladi. Bu kabi tadbirlar talabalar orasida jismoniy faoliyat bilan birga intellektual va kreativ salohiyatni rivojlantirishga yordam beradi.

