3 Apr 2025 1

3-aprel kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti kutubxonasi va Literacy Club bilan hamkorlikda Book Fair 2025 tadbirini o‘tkazdi.

👉🏼 Yarmarka doirasida turli xil kitoblar, jumladan, akademik materiallar, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, shaxsiy rivojlanish hamda texnologiyaga oid nashrlar taqdim etildi. Nufuzli nashriyotlar ishtirok etib, eksklyuziv chegirmalar hamda maxsus nashrlarni taklif qilishdi.

Mazkur tadbir universitetda o‘qish va o‘rganish madaniyatini targ‘ib qilishga muvaffaq bo‘ldi. Tadbir davomida lotereya o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi, bu esa yarmarkaga yanada qiziqarli muhit bag‘ishladi.