26-fevral kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti "New Skill Development Workshops" doirasida maktab o‘quvchilari uchun ingliz tili, matematika, robototexnika va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha bilimlarini oshirish imkoniyatini taqdim etdi.
Amity universiteti professorlari tomonidan olib borilgan interaktiv sessiyalar o‘quvchilarga amaliy tajriba orttirish, til bilimi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalari va texnik bilimlarini mustahkamlash imkonini berdi.
Power School, Dream School va Target School o‘quvchilari faol ishtirok etib, munozaralar olib bordilar, tengdoshlari bilan muloqotda bo'lib, o‘z bilimlarini innovatsion tarzda qo‘llash yo‘llarini o‘rgandilar. Shunday tashabbuslar orqali Toshkent shahridagi Amity universiteti yosh avlodni zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashda davom etib, kelajakdagi yetuk mutaxassis va innovatorlarni tarbiyalash borasidagi sodiqligini yana bir bor isbotlamoqda.

