25-fevral kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda startap ekotizimini rivojlantirish forumida faol ishtirok etdi, bunda Amity talabalari o‘zlarining innovatsion loyihalarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
👉🏼 Forum talabalar uchun netvorking, g‘oyalar almashish hamda potensial investitsiyalar va mentorlik imkoniyatlarini o‘rganish uchun muhim platforma bo‘ldi. Tadbir oliy ta’lim va startap ekotizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash hamda tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish muhimligini yana bir bor tasdiqladi.
Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari forumda ikkita innovatsion loyihani taqdim etdilar. "Uzbekistan: The Lost Chapters" — bu o‘yinchilarni o‘zlari tashrif buyuradigan mamlakatlarning tarixi va madaniyatiga jalb qiluvchi ta’limiy sarguzasht o‘yini bo‘lib, birinchi pilot loyiha O‘zbekistonga bag‘ishlangan. "Bron24" esa asosan futbol maydonlarini ijaraga olishga yordam beruvchi onlayn platforma bo‘lib, foydalanuvchilarga o‘yinchilarni topish, jamoalar tuzish va sport hamjamiyatini rivojlantirish imkonini beradi.

