19-fevral kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti "Huawei Internship Program Roadshow" doirasida Huawei kompaniyasi vakillarini bilan uchrasguv tashkil qildi.
Tadbir davomida talabalar Huawei kompaniyasining global faoliyati, martaba imkoniyatlari va texnologiya hamda telekommunikatsiya sohasidagi amaliyot dasturlari haqida batafsil ma’lumot oldilar. Vakillar kompaniyaning ish muhiti, innovatsion loyihalari va sohaga muvaffaqiyatli kirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdilar.
Tadbir doirasida interaktiv Q&A sessiyasi bo‘lib o‘tdi, unda talabalar Huawei vakillari bilan muloqot qilib, kompaniyaning amaliyotchilarga qo‘yadigan talablarini va karyera o‘sish yo‘llari haqida bevosita ma’lumot oldilar.
Talabalar, shuningdek, sun’iy intellekt, bulut texnologiyalari va 5G innovatsiyalari kabi Huawei’ning so‘nggi texnologik yutuqlari bilan tanishib, telekommunikatsiya sohasining kelajagi qanday shakllanayotganini o‘rganishdi.
Tadbir netvorking imkoniyati bilan yakunlandi, bu esa talabalar uchun soha mutaxassislari bilan bevosita aloqa o‘rnatish va Huawei’da karyera imkoniyatlarini o‘rganishda yordam berdi.

