12-fevral kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida Forvis Mazars kompaniyasi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Forvis Mazars — xalqaro auditorlik, buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish va konsalting xizmatlari bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
👉🏼 Tadbir davomida Forvis Mazars vakillari kompaniyaning faoliyati, ish muhiti va martaba rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Talabalarga o‘z rezyumelarini olib kelish va kompaniya vakillari bilan ish sharoitlari hamda talablar haqida bevosita suhbatlashish imkoniyati yaratildi.
Ushbu tashabbus talabalar uchun soha mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish, haqiqiy mehnat bozoridagi martaba imkoniyatlarini o‘rganish va xalqaro moliyaviy kompaniyada ishlash tajribasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun noyob platforma bo‘lib xizmat qildi.
Forvis Mazars vakillari Toshkent shahridagi Amity universitetining iqtidorli talabalari bilan hamkorlik qilish istagini bildirdilar va kelajakda amaliyot dasturlari va kasbiy tayyorgarlik sessiyalarini tashkil etish imkoniyatlari haqida ta’kidladilar.

