19-fevral kuni, Toshkent shahridagi Amity universitetida "Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar" mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👉🏼 Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi, magistrant Ismailov Shaxriyor Baxtiyorovich ishtirokida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar kiberjinoyatlar va onlayn firibgarlik haqida batafsil ma’lumot oldilar, shuningdek, tezkor tadbirlar davomida suratga olingan videoroliklar namoyish etildi.
Sessiya interaktiv savol-javob qismi bilan yakunlandi, unda talabalar huquqiy javobgarlik, raqamli etika hamda kiberxavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasidagi kariyera imkoniyatlari haqida muhokamalarda ishtirok etdilar.
Toshkent shahridagi Amity universiteti bunday tadbirlarni tashkil etish orqali talabalarni raqamli xavfsizlik bo‘yicha muhim bilimlar bilan ta’minlash, ularning mas’uliyatli va kiberxavfsizlikka e’tiborli avlod sifatida shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.

