13-noyabr kuni, Toshkent shahridagi Amity universitetida “Sanoat va ilm-fan o‘rtasidagi tafovutni ilg‘or texnologiyalar yordamida bartaraf etish” mavzusida Hisoblash fanlaridagi texnologik yutuqlar bo‘yicha IV xalqaro konferensiya (ICTACS 2024) tashkil etildi
Konferensiyaning birinchi kuni Chiroq yoqilishi, Davlat madhiyasi hamda Professor (Dr.) Gurinder Singh, Toshkent shahridagi Amity universiteti direktori Bobur Abdullayev va direktorning birinchi o‘rinbosari Dr. Naina Chaudharining kirish so‘zlari bilan boshlandi.
Konferensiyada IT sohasidagi so‘nggi tendensiyalar bo'yicha turli xil asosiy ma'ruzalar, panel muhokamalari va taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, bu ishtirokchilar uchun kompyuter fanlaridagi texnologiya va innovatsiyalarning so‘nggi tendensiyalari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi
ICTACS 2024'ning asosiy maqsadi olimlar, tadqiqotchilar va sanoat vakillarini kompyuter fanlari sohasidagi dolzarb muammolarni, jumladan, sunʼiy intellekt, mashinaviy ta’lim, katta maʼlumotlar, buyumlar interneti va kiberxavfsizlikni muhokama qilish uchun birlashtirish edi.
Mehmonlar orasida taniqli xalqaro kompaniya va oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib panel muhokamalarda faol qatnashishdi, bu esa ishtirokchilarning dunyoqarashini kengaytirish va jahon miqyosida sinovdan o‘tgan innovatsiyalarni muhokama qilish imkonini berdi.

