27 Sep 2024 1

27-sentabr kuni Toshkent shahridagi Amity universitetining “SANGATHAN: Students Sports League 2024” yillik sport uchrashuvining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Sangatan o‘yinlari mavsumi mash'alaning yoqilishi va sharlarining uchirilishi bilan har yili o'tkaziladigan sport tadbirining rasmiy ochilish marosimi va bosh mehmon 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medali sovrindori – o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xaloqov tashrifi bilan boshlandi.

Universitet tomonidan har yili saralash bosqichi o‘tkaziladi va Noida shahridagi Amity universitetining asosiy kampusida bo‘lib o‘tadigan musobaqaga boruvchi eng yaxshi jamoa aniqlanadi 

“SANGATHAN” Amity anʼanalarining ajralmas qismi boʻlib, talabalarni futbol va basketboldan tortib yengil atletika va boshqa koʻplab sport tadbirlarida qatnashishga undaydi. Musobaqa sog'lom turmush tarzi va jismoniy farovonlikni targ'ib qilish, shuningdek, talabalarning kampusdagi umumiy tajribasini oshirish uchun mo'ljallangan.