16 Sep 2024 1

16-sentabr kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida birinchi kurs talabalari uchun “Orientation Day” tadbiri bo‘lib o‘tdi

👉🏼 Amity universiteti o‘zining so‘nggi talabalar guruhini universitetdagi akademik va darsdan tashqari hayot bilan tanishtirishga mo‘ljallangan “Orientation Day” tadbiri bilan kutib oldi.

Fakultet professor-o‘qituvchilari talabalarni o‘z bo‘limlari bilan tanishtirib, ular uchun mavjud bo‘lgan turli imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tishdi. Bundan tashqari talabalarni bir-biriga bog‘lash va o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishga yordam berish, birinchi kundanoq jamiyat tuyg‘usini rivojlantirish bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

👉🏼 Universitetimiz strategiyasiga muvofiq ta`limda innovatsiyalar va yetakchilik ruhini singdirish maqsadida bugungi tadbirda sohaning bir nechta yetuk mutaxassislari taklif etildi. Muvaffaqiyatli kelajak uchun jamoaviy ish, yetakchilik va tarmoq yaratish muhimligini ta’kidlab, universitet va talabalik hayotidan unumli foydalanish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bu talabalikning ilk hayajonli va ma'lumotlarga boy kuni bo'lib, Amity universiteti bilan istiqbolli rejalar tuzish uchun muhim yodda qolarli lahzalarga boy bo`ldi.

Tadbirning ikkinchi kuni Hurmatli kansler va RBEF prezidenti Dr. Atul Chauxan va fakultet aʼzolarining tabrik soʻzlari bilan boshlandi va ular universitet hayoti, oʻquv dasturlari va kampus resurslari haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Tadbirning asosiy voqeasi Klub Prezidentlarining taqdimoti bo‘lib, unda turli talabalar klublari rahbarlari o‘z klublari bilan tanishtirdilar. Talabalar o'zlarining qiziqishlariga mos keladigan to'garaklar, jumladan biznes, sayohat, kiber-sport va san'atga yo'naltirilgan klublarga a'zo bo'lishga tavsiya etildi.

Ushbu sessiya talabalar uchun darsdan tashqari mashg'ulotlarga jalb qilish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish va universitet ichida networking yaratish imkonini berdi.