12 Aug 2024 1

12 avgust kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida Hackcelerator 2024’ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

👉🏼 Marosim Biznesni rivojlatirish banki, BRB Tech, Amity universiti, IT hamjamiyati va Yandex vakillarining ochilish nutqlari bilan boshlandi. Bundan tashqari, tashkilotchilar jamoasi xakaton haqida umumiy ma’lumot berib, ishtirokchilar uchun mavjud qiyinchiliklar, qoidalar va resurslar haqida bayon etdilar.

Hackcelerator 2024'ning ochilish marosimi barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli sayohatning boshlanishi bo‘ldi, ular endi kelgusi bir necha hafta davomida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va yuqori mukofotlar uchun bellashadilar.

Mukofot jamg'armasi 300 million so'm bo'lgan ushbu hakatonga 200 ta jamoadan arizalar kelib tushgan bo'lib, ulardan jami 206 nafar ishtirokchidan iborat 47 ta jamoa tanlab olindi. Jamoalar yetakchi IT kompaniyalari, biznes tuzilmalari, universitetlar va ta’lim muassasalarining kuchli vakillaridan iborat.

Bir oylik BRB Fintech Hackcelerator tanlovi davomida yaratilgan mahsulot va yechimlar tadbirkorlar uchun innovatsion xizmatlarni yaratishga yordam beradi va ular uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

47 ta jamoani bir oylik qizg‘in ish o‘tkazadi, ular davomida yetakchi murabbiylardan maslahat va yo‘l-yo‘riqlar olib, o‘z imkoniyatlarini ochishga va yaratilayotgan IT-mahsulotlar uchun maqbul yechimlarni topishga intiladi.