9 Jul 2024 1

Amity universiteti  ICTWEEK UZBEKISTAN — 2024 haftaligining ta’lim hamkori bo‘ldi!

ICTWEEK UZBEKISTAN — 2024 haftaligining ta’lim hamkori zamonaviy izlanishlar va innovatsiyalar bilan jahon miqyosidagi ta’limni O‘zbekistonning strategik qarashlariga moslashtirishga intilayotgan Toshkent shahridagi Amity universiteti bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Markaziy Osiyoning eng yirik IT tadbiri bo‘lishi kutilayotgan ICTWEEK UZBEKISTAN — 2024 haftaligida 50 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Haftalik doirasida IT ta’lim sohasidagi yangiliklar, Sun'iy intellektning bugungi o'rni, jahon ta'lim standardlari  kabi mavzularda ham forum va sammitlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Biz sizni AKT sohasidagi eng yirik haftalik ishtirokchilari qatorida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting