Toshkent shahridagi Amity universitetining 5 nafar talabasi Huawei Seeds for the Future 2023 dasturi doirasida va Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida Xitoy bo’ylab Digital Tour ga yo’l oldilar.
Tur doirasida IT yo‘nalishi bo‘yicha OTMlarining 12 nafar talabasi Shenchjen va Shanxay shaharlarida bo‘lib, Huawei kompaniyasi ko‘rgazma komplekslarining innovatsion olamiga sho‘ng‘iydilar.
Universitetning Ixtiyor Sodiqov, Shaxzoda Mirzayeva, Jahongirxo‘ja Jo‘rayev, Zafariddin Kamarov va Shahrizoda Isomitdinova kabi iqtidorli talabalari mazkur loyihada ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, Amity talabalari TechnoMinds jamoasi tarkibida O‘zbekistonning boshqa universitetlar talabalari bilan birgalikda Dubay (BAA) va Doha (Qatar) shaharlarida o‘tkazilgan Tech4Good tanlovining global finalchilari hisoblanadi.
“Huawei Seeds for the Future 2023” dasturi doirasida Toshkent shahridagi Amity universitetidan besh nafar talabaning Xitoy bo’ylab Digital Tour uchun tanlangani katta yutuqdir. Bu universitetning talabalarga ta'lim imkoniyatlarini taqdim etish va ularni raqamli asrda muvaffaqiyatli martaba tayyorlashga sodiqligini aks ettiradi. Biz tanlangan talabalarni chin yurakdan tabriklaymiz va ularning o'sishi va AKT sohasiga qo'shayotgan hissasini kutib qolamiz.

