6-noyabr kuni Amity University Tashkentda tadbirkorlar Xasan va Husan Mamasaidovlar tomonidan "G‘oyalar monetizatsiyasi va biznesdagi omad yoki muvaffaqqiyatsizlikka ta'sir etuvchi omillar" mavzusida ma'ruza tashkil etildi.
⠀
Xasan va Husan Mamasaidovlar reklama mahsulotlari va biznes-sovg‘alarni yetkazib berish, ishlab chiqarish va ishlab chiqishga ixtisoslashgan DEKOS kompaniyasining egalaridir. Shuningdek, ular Office Market va M-Factor kompaniyalarining asoschilari hamdirlar.
⠀
Tadbir davomida ma'ruzachilar tadbirkorlik sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, biznes boshlashda qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, qanday qiyinchiliklarga duch kelish mumkinligi va qanday omillar muvaffaqiyatga yetaklashi haqida ham gapirib berdilar.
Tadbir Amity University Tashkent qoshida faoliyat yuritayotgan Entrepreneurship Club tomonidan tashkil etildi.

