2 Dec 2023 1

2-diplom topshirish marosimi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi va Amity universiteti kansleri, hurmatli janob Atul Chauhan va Amity Education Group vasiysi janob Amol Chauhanlarning yig‘ilish qatnashchilariga murojaatlari bilan davom etdi, ular bitiruvchilarni o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan qutlab, kasbiy faoliyatlariga omad tiladilar.

 

Tadbir universitetning sifatli ta’lim berish va o‘z talabalarini professional muvaffaqiyatga erishishga intilishining isboti bo‘ldi. Tantanali tadbir davomida bitiruvchilarni professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ota-onalar tabriklashdi.

Tadbir davomida 171 nafar bitiruvchilar axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, turizm boshqaruvi, biznes boshqaruvi bo‘yicha bakalavr darajasini qabul qilib oldilar.

Universitet o‘z bitiruvchilari va ularning o‘z sohalariga qo‘shadigan hissalari bilan faxrlandi va bu bitiruv marosimida yaqqol namoyon bo‘ldi. Universitet har bir bitiruvchining kelajakdagi barcha tashabbuslarida muvaffaqiyat qozonishiga umid qilib qoladi.

 

 

 

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering