15 Feb 2024 1

Dubay shahridagi Amity universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri boshchiligidagi delegatsiya tashrifi boʻlib oʻtdi

Dubaydagi kampusda O‘zbekistonda IT-ta’limni yuksaltirishga qo‘shgan hissasi uchun muhtaram vazir Sherzod Xotamovich Shermatovga “Faxriy doktor” unvonini topshirdi.

Ushbu unvon Amity universiteti prezidenti va kasleri Atul Chauhan va katta vitse-prezidenti Amol Chauhan tomonidan Universitetning 200 dan ziyod professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida topshirildi.

Ushbu nufuzli tadbir davomida Oksford universiteti biznes maktabi dekani professor Soumitra Dutta ham Dubay shahridagi Amity universiteti tomonidan “Faxriy professor” unvoni bilan taqdirlandi.

Muhtaram vazirga Toshkent shahridagi Amity universiteti direktori Bobur Abdullayev hamrohlik qildi.