5 May 2024 1

5-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida 3-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Xalqaro IMAS 2024 olimpiadasi tashkil etildi

 IMAS olimpiadasi Tayvanda 2011-yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Ushbu test o‘quvchilarni nafaqat matematika bo‘yicha iqtidorlarini sinash, balki ulardagi matematik ufqlarni kengaytirish qobiliyatini tekshirishga jalb etishda rag‘batlantiruvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Yakuniy bosqichda har bir kategorya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Amity sovg‘alari, Tayvandan keltirilgan medallar va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Amity universiteti nafaqat intellektual bellashuvlar maskani, balki bunday muhim tadbirda ishtirokchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida bilim va tajriba almashish uchun maydon bo‘lishidan mamnundir.