Toshkent shahridagi Amity universiteti va Latviya IT-klasteri o‘rtasida memorandum imzolandi.
Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, yangi loyihalar ishlab chiqish va qo‘shma faoliyatni kengaytirishdan iborat.
Latviya IT-klasteri - yirik Latviya IT-kompaniyalarini birlashtirgan va ularga yordam beradigan biznes hamjamiyat. Kelgusida ushbu hamkorlik aloqalari IT sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va shu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Qayd etish joizki, memorandumda talabalar bilan tajriba va bilim almashish uchun mahorat darslari, seminarlar, amaliyot dasturlari, ishbilarmonlik uchrashuvlari va vebinarlar o‘tkazish nazarda tutilgan.

