7 Feb 2024 1

7-fevral kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari Jizzax viloyati yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jizzax viloyatida Prezident maktabi, Pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey va Politexnika universiteti qoshidagi akademik litsey vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Tashrif buyurgan Amity universiteti vakillari taqdimot davomida universitetning o‘quv imkoniyatlari, professor-o‘qituvchilari, resurslari va xorijda ta’lim imkoniyatlari haqida ma’ruza qilishdi.

Tashrif davomida Jizzax shahridagi Politexnika universiteti qoshidagi Akademik litsey bilan taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik asoslarini yoʻlga qoʻyish maqsadida memorandum imzolandi.