Toshkent shahridagi Amity universiteti va “LeverX Group” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Memorandumdan koʻzlangan maqsad nazariy va amaliy bilimlarni uygʻunlashtirish, tomonlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali IT sohasi uchun zarur boʻlgan yetuk kadrlarni birgalikda tayyorlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
Bundan tashqari, hamkorlik yangi xodimlarni tayyorlash, seminarlar, amaliyotlar, biznes uchrashuvlari va talabalar bilan tajriba va bilim almashish uchun interfaol vebinarlar o'tkazish bo'yicha uzluksiz ish munosabatlarini ta'minlaydi!
LeverX Group ikki jamoani birlashtirgan xalqaro IT kompaniyasi: LeverX va Emerline. Bugungi kunda dunyo bo'ylab 1500 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi. Kompaniya 19 yildan ortiq ish davomida 550 dan ortiq SAPni ishlab chiqish va joriy etish loyihalarini muvaffaqiyatli yakunladi.

