13 Jun 2022 1

Toshkent shahridagi Amity universiteti va “PepsiCo” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugungi kunda International Beverages Tashkent (IBT) PepsiCo’ning Markaziy Osiyodagi muvaffaqiyatli shisha ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, Pepsi, Lipton, Adrenaline Rush, Mountain Dew, Mirinda va 7UP markali mahsulotlarni ishlab chiqarishga mas’uldir.

Memorandumdan maqsad nazariy va amaliy bilimlarni uygʻunlashtirish, tomonlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali IT sohasi uchun zarur boʻlgan yetuk kadrlarni birgalikda tayyorlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.

Bundan tashqari, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, konferensiyalar tashkil etishda koʻmak koʻrsatiladi.