15 Oct 2021
1
Toshkent shahridagi Amity universitetida “O‘zbekiston tovar va birja” aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, talabalar kompaniyada rejalashtirilgan yirik loyihalardan katta taassurot oldilar hamda stajyorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar
Shu kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti va “UzEx” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu Memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatishdan iborat. U raqamli iqtisodiyot, birja savdosi, davlat xaridlari va elektron tijorat sohalarida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish kabi bandlarni o‘z ichiga oladi.

