10 Nov 2019 1

UNICON.UZ davlat unitar korxonasi direktori Amity Universityga tashrif buyurdi

2019 yil 5-noyabr kuni Amity Universityda UNICON.UZ davlat unitar korxonasi direktori M.Mahmudovning Amity Tashkent rektori, doktor Sunil Kumar Xatri bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Doktor Sunil Kumar Xatri Hindistonda ta'lim olishning afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib berdi, shuningdek, universitet bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida zamonaviy laboratoriyalarda birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari o'tkazish va istiqbolli IT-loyihalarni amalga oshirish borasida UNICON.UZ bilan kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha hamfikrlik bayonnomasi imzolandi.