Toshkent shahridagi Amity universiteti “Shaxsiy brending” mavzusida onlayn-vebinar tashkil qiladi.
Bizning maxsus mehmonimiz – Nuruddin Iminoxunov – Pro Unlimited Facebook kompaniyasida mahsulot o‘sishi bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, o‘z faoliyatini talabalik yillarida kichik Google I/O Extended konferensiyasida boshlagan.
Keyinchalik u ushbu tashabbusni Google Developers Group (GDG) bo'limiga aylantirdi va bu uchrashuvlar konferentsiyalar shaklida 2000 dan ortiq noyob tashrif buyuruvchilarni olib keldi. O‘tgan yili GDG Tashkent Markaziy Osiyodagi eng yirik dasturchilar festivali – GDG DevFest Tashkent 2019ni 1000 dan ortiq tashrif buyuruvchilar va 30 ta ma’ruzachilar, shu jumladan 10 xalqaro ma’ruzachilar bilan o‘tkazdi.
Mavzu: Shaxsiy brending
Sana: 6-noyabr, juma
Vaqt: 16:30, Toshkent
Zoom uchrashuviga qo'shiling:https://amityuni.live/89784797645

