17 Aug 2020
1
Toshkent shahridagi Amity universiteti va IT-Park Uzbekistan o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Endilikda o‘quvchilarimiz yangi g‘oyalarni joriy etish, turli tanlovlarda qatnashish va o‘z loyihasini yaratish uchun bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
IT-Parkning yangi hamkorlari bilan birgalikda turli xil axborot taqdimotlari, qiziqarli tadbirlar va konferentsiyalar o'tkazishdan mamnunmiz, eng muhimi, IT va innovatsiyalar sohasidan maxsus mehmonlar taklif etiladi, mahsus AUT talabalarimiz uchun!
It-Park istiqbolli startap loyihalarni ishga tushirish va bozorga olib chiqishga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki hisoblanadi.