“Interaktiv mehmon ma'ruzalari”
Amiti Universiteti quyidagi yo'nalishlar bo'yicha xalqaro mutaxasislar tomonidan qo'shimcha onlayn ma'ruzalar tashkil etdi:
- Muhandislik va texnologiya
- Biznes boshqaruvi
- Sog’liqni saqlash
- San’at va ijtimoiy fanlar
- va boshqalar.
Amiti barcha talabalarning samarali natijalarini oshirish uchun har qachongidan ham ko'proq innovatsion texnologiyalarni amalda qo'llamoqda. Zamonlar o'zgaradi, ammo bilim olish hech qachon to'xtab qolmaydi.
Tajribaviy mashg'ulotlar va global ko’rgazmalar universitet ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Talabalar taklif etilgan ma'ruzachilar faoliyatining muayyan yo'nalishini tushunish va istiqbolini ko'rish imkoniga ega bo'ladilar. Shunday qilib, Amiti universiteti o'z talabalari manfaati uchun eksklyuziv onlayn vebinarlar tashkil etadi.

