31 Jan 2020
1
30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Amity universitetiga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Olmatov Bahromjon Axmadovich tashrif buyurdi.
Mehmonlarga universitet, o‘quv xonalari va kompyuter laboratoriyalari bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar bilan boshqaruv tuzilmalarini takomillashtirish, muammolarni aniqlash va ularni yechim yo‘llari haqida suhbatlashish edi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari, Amity Kampus direktori va Amity universiteti ma’muriyati direktori talabalarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdi.

