5 Dec 2019
1
27 noyabr kuni Amity University Tashkentda CHI loyihalar menejeri - Aleksey Silin ishtirokida ma'ruza o‘tkazildi.
Work and travel dasturi ko‘p talabalarda qiziqish uyg‘otmoqda, shu sabab, talabalarimiz dastur haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishlari uchun ataylab AQSHdan mehmon chaqirdik.
Aleksey Silin o‘z ma'ruzasida Work and travel dasturiga ariza berish bosqichlari, to‘g‘ri dasturni qanday topish mumkinligi va CHI dasturlari haqida batafsil so‘zlab berdi.
Shuningdek, ma'ruza davomida, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

