26 Nov 2019
1
Toshkent shahridagi Amity universitetida - O‘zbekistondagi korporativ ijtimoiy mas’uliyat imkoniyatlari va muammolariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi
Muhokama ikki yetakchi xalqaro universitet bitiruvchisi, Yevropada orttirilgan KSM sohasida ko‘p yillik tajribaga ega, CARE CSR kompaniyasi bosh direktori Malika Sharipova ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Muhokama davomida talabalar KSM asoslari, uning O‘zbekistondagi kelajagi, mamlakat duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni hal qilish usullari bilan tanishdilar.
Talabalar ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ekspert fikrini olishga muvaffaq bo‘ldilar.⠀

