23 May 2024 1

21-22-may kuni Toshkent shahridagi Amity universiteti vakillari Qashqadaryo viloyati yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti hamda TATU Qarshi filiali huzuridagi akademik litseylar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyati litseylaridagi taqdimotlar interfaol sessiyalar tarzida tashkil etilgan bo‘lib, unda universitetning o‘quv dasturlari, sharoitlari, karyeraviy imkoniyatlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Amity universiteti xodimlari o‘zlarining tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashib, talabalarni yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lishga va ta’lim sohasida professional o‘sishga intilishga undadilar.

Universitet tarixi haqida qisqacha ma’lumot, taklif etilayotgan yo'nalishlar va dasturlar tavsifi, zamonaviy o‘qitish usullari, tajribali professor-o‘qituvchilar, boshqa mamlakatlar bilan aloqalar va amaliyot o‘tash imkoniyatlari, kampus infratuzilmasi hamda stipendiya dasturlari akademik litsey o‘quvchilarining qiziqishiga qaratilgan.

Ushbu tashabbuslar nafaqat talabalarning ta'lim sohasidagi imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirdi, balki Amity va Qashqadaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamladi. Hamda ushbu uchrashuvlar ta’lim rivojiga, turli sohalarda malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.