27 Nov 2023 125

Toshkentda Xalqaro “Google Dasturchilar Forumi” bo‘lib o‘tdi

Mazkur forumda soha mutaxassislari, 3000 ga yaqin dasturchilar hamda yangi texnologiya va loyihalar bilan qiziquvchi yoshlar, 15 dan ortiq xalqaro hamda 10 dan ortiq mahalliy spikerlar ishtirok etib, o‘z tajribalari bo'yicha so‘z yuritdilar.

Konferensiyada Google kompaniyasining xalqaro nufuzga ega ekspertlari – Mark MakDonald va Martin Goerner, Outtalent kompaniyasidan Tilek Mamutov va shu kabi boshqa xalqaro ma’ruzachilar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

IT sohasining Machine Learning (ML) va AI (Artificial Intelligence) yo’nalishlari mazkur konferensiyaning asosiy mavzusi etib belgilandi, unda dasturchilar ML va AI sohasidagi imkoniyatlar, yangiliklar, tajribalardagi yutuqlar bilan tanishtirildi. Oddiy til bilan aytganda, ushbu tadbir mahalliy dasturchilar uchun yangi ko‘nikmalarni o‘rganish, xalqaro ekspertlar bilan aloqa o‘rnatishlari uchun ajoyib imkoniyat maydoni sifatida xizmat qildi.

E'tiborga molik jihati, O‘zbekistonlik dasturchi va o‘rganuvchilar uchun Google kompaniyasi tomonidan ML kurslarda mutlaqo bepul o'qish imkoniyati ham taqdim etildi.

Demo version! Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER'ni bosish orqali bizga xabar bering