Toshkent shahridagi Amity universitetining 8 nafar talabasi yangi bilim, madaniyat va tajribalarga orttirish maqsadida Dubaydagi Chet elda ta’lim dasturi (SAP)da qatnashmoqda
Talabalarimiz Dubaydagi Amity universitetining tajribali mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv kurslarida faol ishtirok etish bilan bir qatorda, Dubay bo‘ylab sayohatlar, ushbu shaharning hayajonli muhiti va uning madaniy merosi bilan yaqindan tanishmoqdalar.
Shuningdek, talabalarimiz o‘z kampuslari bilan bog‘langanlikni his etishlari muhimligini tushunamiz. Shunday ekan, ular direktor, uning birinchi o‘rinbosari va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, hammasi yaxshi ketayotganiga ishonch hosil qilish va o‘z tajribalari va muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashish imkoniga ega bo‘ldilar
“Chet elda o'qish dasturi (SAP) Amity'ning ajoyib talabalariga Amityning xorijiy kampuslarida 2 hafta o‘tkazish orqali bebaho global taassurotlarga erishish uchun noyob imkoniyatni taklif etadi. SAP nomi ostida amalga oshiriluvchi akademik o‘quv dasturi haqiqatan ham jahon darajasiga muvofiq va eng yaxshi xalqaro professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladi. SAP talabalarga xalqaro maydonda o‘zini his etish hamda o‘z shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirish platformasini ta’minlash uchun mo'ljallangan. Shuningdek, u xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqa qilish va ularning ekspert rahbarligi ostida maqsadli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi.”

