Toshkent shahridagi Amity universitetida “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
Jumladan:
30-aprel kuni shoir Muhammad Ismoil bilan Bektemir tumanidagi 293-sonli maktabda, “Chashma”, “Rohat” va “Iqbol” MFY vakillari, maktab rahbariyati va o‘quvchilar ishtirokida ijodiy uchrashuv;
1-3-may kunlari Direktor bilan talaba-yoshlarning ochiq suhbatlari;
6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Axborot-tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi Daminov Bahodir Ibrohimjonovich ishtirokidagi “Jaholatga qarshi – ma'rifat bilan kurashamiz!” tadbiri.
7-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif;
8-may kuni 9-may bayrami munosabati bilan barcha xodimlar va talabalarga “Sharaf” lentalari tarqatildi;
Shoir Bobur Bobomurod bilan Amity universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida ijodiy uchrash kabi tadbirlar tashkil etildi.
Toshkent shahridagi Amity universiteti ong, tana va ruhni tarbiyalovchi ta'lim berishga intiladi. “Ma’rifat ulashib” kabi tashabbuslar orqali biz talabalar uchun intellektual, hissiy va ma’naviy jihatdan gullab-yashnashi mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovchi va tarbiyalovchi muhit yaratishga intilamiz.
Biz barcha ishtirokchilarga, ma'ruzachilarga va tashkilotchilarga ushbu mazmunli tadbirlarga qo'shgan hissalari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va birgalikda ma'rifiy uchrashuvlarni davom ettirishni intiqlik bilan kutamiz.

